Yuk tashuvchilar uchun · O'zbekiston
Yuklaringiz hisobi — cho'ntagingizda
Daftar-qalam davri tugadi. Har bir yuk, har bir so'm, har bir mijoz — bitta ilovada. Video bilan tasdiqlang, qarzlarni nazorat qiling, mijozlarga Telegram orqali avtomatik xabar yuboring.
- To'liq o'zbek tilida
- Bepul
- Video bilan tasdiqlash

Imkoniyatlar
Ish uchun kerak bo'lgan hamma narsa
Video bilan tasdiqlash
Yukni olayotganda video yozing — «yuk buzilgan edi» degan bahslarga nuqta qo'yiladi. Foto va ovozli izoh ham bor.
Qarz nazorati
Kim qancha qarz — bir qarashda. Qisman to'lov kiriting, bir tugma bilan Telegram orqali eslatma yuboring.
Telegram xabarlari
«Yetib keldim» — bir bosishda barcha mijozlarga xabar ketadi. Yuk yopilganda ham avtomatik xabar.
Reyslar
Har bir reys alohida: nechta yuk, qanchasi yopildi, qancha tushum. Barcha yuklar yopilmaguncha reys yakunlanmaydi.
Hisobotlar
Kunlik, haftalik, oylik: daromad, xarajat (solyarka, yo'l haqi, remont), sof foyda. Excel yoki PDF qilib yuklab oling.
Ovozli izoh
Rulda yozish noqulay — gapirib qo'ying. Ovozli izoh yuk bilan birga saqlanadi.
Qanday ishlaydi
3 qadam — tamom
Yukni kiriting
Kimdan, kimga, qancha. Doimiy mijozni bir bosishda tanlang, video yozing — 1 daqiqa yetadi.
Yetkazing va yoping
Manzilga yetganda «Yetib keldim» — mijozlarga xabar ketadi. Yuk topshirilgach bir bosishda yopasiz.
Hisobingizni ko'ring
Kun oxirida yakun: qancha tushdi, qancha qarzga ketdi, sof foyda qancha. Hammasi avtomatik.
Bugun sinab ko'ring — bepul
APK faylni yuklab o'rnating — ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa.
APK yuklab olishAndroid 8+ · taxminan 15 MB · bepul